28 iyu 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan CHagaev professional boksdagi faoliyatini yakunladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq WBA yo'nalishi chempioni hamyurtimiz Ruslan CHagaev faoliyatini yakunladi.
Bu haqida bokschimizning menejeri Timur Dugazaev xabar berdi.
“Ruslan bizga faoliyatini yakunlaganligi haqidagi xabarni aytdi. Bunga uning ko'zidagi muammolar sabab bo'lmoqda. Sog'liq hamisha birinchi o'rinla turgan. Biz CHagaevning qarorini hurmat qilamiz”, - dedi Dugazaev.
Malumot uchun, 2001 yili Ruslan CHagaevning chap ko'zi operaciya qilingandi. Butunjahon boks associaciyasi (WBA) kuni kecha hamyurtimizni Fres Okendoga qarshi majburiy himoya jangini o'tkazmaganligi uchun chempionlik titulidan mahrum qilgandi.
Havola :
Fikrlar