12 iyu 17:13
Yangiliklar
Ruslan CHagaevni kim yoki nima ringga qaytarishi mumkin?
Ikki soatga yaqin davom etgan qiziqarli suhbat chog'ida hamyurtimiz ko'plab mavzular bo'yicha berilgan savollarga atroflicha javob qaytargandi. Savollardan biri CHagaevni kim yoki nima yana ringga qaytarishi mumkinligi haqida bo'lgan edi. Ruslan esa uzoq o'ylanganidan so'ng shunday javob bergandi.
“Menimcha, hech narsa! Lekin yana bir gap bor - hech qachon yo'q dema! SHu manoda, ha, yuz foiz faoliyatimni yakunladim, deb ham ayta olmayman. Ammo, qaytmasligim 99 foizga aniq.
Kim yoki nima fikrimdan
qaytarishi mumkin? Buni faqat Yaratgan biladi. Qozonning qopqog'ini zichlab
berkitganim yo'q. Lekin bugungi kunimdan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, hayotdan shunchaki zavq
olyapman. Oilam, farzandlarim davrasidaman. Menga hozir shu ko'proq maqul kelyapti”,
dedi CHagaev.
Fikrlar