12 okt 11:34
Yangiliklar
Og'ir atletika
Ruslan Nuriddinov 2017 yilda musobaqalarda ishtirok etmaydi
Og'ir atletika bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasi g'olibi, Olimpiya o'yinlari rekordchisi Ruslan Nuriddinov 2017 yilgi sport mavsumida hech qanday musobaqada ishtirok etmaydi.
Bu haqda bizga terma jamoa bosh murabbiyi, II darajali - “Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi Bahrom Abdumalikov xabar berdi.
“Ruslan uchun bu yilgi mavsum ancha murakkab keldi, - dedi B.Abdumalikov. – Kichik jarohati bo'lishiga qaramay, Rio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rdi va yakunda O'zbekiston og'ir atletikasi tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi.
Endi u xordiq chiqarishi kerak. Ruslan 2017-yilgi musobaqalarda ishtirok etmaydi. Uning asosiy maqsadi 2018-yilda o'tkaziladigan Osiyo o'yinlariga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rish. Unda aynan Osiyo o'yinlarining oltin medali yo'q”.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar