So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

27 dek 09:49
Yangiliklar

Og'ir atletika

Ruslan Nuriddinov 6 oydan 2 yilgacha chetlatilishi mumkin

Rio Olimpiadasi chempioni va rekordchisi Ruslan Nuriddinovning 2012 yili Londonda o'tgan Yozgi olimpiya o'yinlaridagi doping-tahlili ijobiy natija berganligi haqida xabar bergan edik.

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrillo Mahmudov London-2012 Olimpiadasida ishtirok etib, -105 kg vazn toifasida to'rtinchi o'rinni olgan Ruslan Nuriddinovning doping testi uchun namunasi qayta tahlil qilinganida ijobiy natija bergani yuzasidan izoh berdi.

«Bu – sportda uchrab turadigan holat. Sportchini qanchalik asramaylik, ovqatlanishi-yu, turmush tarziga qanchalik etibor qaratmaylik, baribir bunday hollar kuzatilib turadi. Nega unday deyapman? CHunki Ruslan Nuriddinov bu yilning o'zida 6 marotaba doping tekshiruvidan o'tdi, ularning barchasida natija «toza» chiqdi. Boshqa sportchilarimiz ham shu jumladan», – deydi Mahmudov Kun.uz bilan suhbatda.

Mutasaddining malum qilishicha, 6 yil oldingi musobaqada Nuriddinovning qonida testosteron miqdori meyoridan ortiq bo'lgani aniqlangan. Kishi muayyan oziq-ovqatlarni istemol qilganda ham uning tanasida erkaklik gormoni sanaluvchi modda miqdori ortishi kuzatiladi, bu esa doping testi ijobiy natija berishiga olib kelishi mumkin.

«Tabiiyki, testosteron miqdori past odamdan sportchi chiqmaydi. Bizga kelgan xatda Nuriddinovda bu gormon belgilanganidan qanchaga ko'p chiqqani aytilmagan, faqat meyordan oshiqligi aniqlandi, deyilgan. Xalqaro Antidoping Agentligi belgilagan tartibga asosan, doping tekshiruvi uchun olinadigan tahlil namunalari 10 yil davomida qayta ko'rib chiqilishi mumkin», – dedi SHahrillo Mahmudov.

Mahmudovning aytishicha, ularga yo'llangan xatda Nuriddinov qancha muddatga musobaqalardan chetlatilganiga ham aniqlik kiritilmagan. Bu muddatning oydinlashishi uchun 3-6 oy vaqt talab etiladi. Ana shundan so'ng, bir yoki ikki yillik diskvalifikaciya qo'llanishi mumkin.

«Agar testosteron miqdorining yuqori chiqqani bilan bog'liq vaziyatni ijobiy asoslay olsak - uning oilali ekani, urolog-mutaxassis xulosasi va boshqa shu kabi faktlar yordamida - chetlatish muddati qisqaroq bo'lishiga erishishimiz mumkin. Bu arbitraj sudi orqali hal bo'ladi. Lekin baribir diskvalifikaciyadan qochib bo'lmaydi, doping aniqlangan vaziyatda shu paytgacha chetlatish bo'lmagan hollar ro'y bermagan va bundan keyin ham bo'lmasa kerak.

Qoidalardan kelib chiqib, hozirgi vaziyatda chetlatish muddati maksimal 2 yil, kamida 6 oyni tashkil qilishini aytishim mumkin» – dedi Mahmudov.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, og'ir atletikada sportchining optimal yoshi sifatida 23-27 yoshlar orasini ko'rsatish mumkin. 30 yoshga borib, aksariyat tosh ko'taruvchilar o'sishdan to'xtaydi va faqat o'sha yoshga qadar chiqa olgan darajasini ushlab qolishi mumkin. Malumot uchun, Ruslan o'tgan oyda 27 yoshini qarshi oldi.

Eslatib o'tamiz, Nuriddinovning sportdagi asosiy yutuqlari London Olimpiadasidan keyingi davrga to'g'ri keladi. U 2013 yilda jahon chempionligiga erishgan, hozirga qadar ikki marotaba Osiyo chempioni bo'lgan. 2014 yilda jarohat olib, bir yildan oshiqroq vaqt musobaqalarda qatnasha olmagan, so'ng 2016 yili Rioda olimpiya o'yinlari rekordini o'rnatgan holda oltin medalga sazovor bo'lgan edi. Ruslan 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida ham turnir rekordini yangilab, tengsiz bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

   
27 dek 23:10:43
Бахтиёр Чориев
Хали Риодаги кон натижасиям положителни чикса олтин медалиям кетади
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing