16 avg 04:58
Yangiliklar
Engil atletika, Og'ir atletika, Tokio-2020
Ruslan Nuriddinov Olimpiada rekordini yangiladi!
Og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni Ruslan Nuriddinovning Olimpiada chempioni bo'lganligi haqida xabar bergan edik.
Hozirgina yakuniga etgan 105 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasidagi og'ir atletikachilar musobaqasida hamyurtimiz barcha raqiblarini ortda qoldirish barobarida Olimpiada rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Ruslan dast ko'tarishda 194, siltab ko'tarishda 237, umumiy 431 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, Olimpiada chempioniga aylandi. Nuriddinov siltab ko'tarishda 237 kg natija bilan Olimpiada rekordini ham yangiladi. Bundan avvalgi rekord belaruslik Andrey Aramnauga tegishli edi. U 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida 236 kg natija qayd etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
ШТАНГАЧИ РУСЛАН НУРИДДИНОВ ОЛИМПИАДА ЧЕМПИОНИ!