26 avg 16:56
Yangiliklar
Og'ir atletika, Osiyo o'yinlari
Ruslan Nuriddinov Osiyo o'yinlari rekordi bilan oltin medal sohibi bo'ldi+FOTOGALEREYA!
Osiyo o'yinlarining bugungi kuni O'zbekiston terma jamoasiga hisob bo'yicha oltinchi oltin medalni taqdim etdi.
Og'ir atletika musobaqasining -105 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov katta ustunlik bilan Osiyo o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdi. Hamyurtimizda aynan qita o'yinlarining medali yo'q edi. Endi kemtik to'ldirildi, Ruslan Osiyo o'yinlari chempioni!
Rio Olimpiadasi chempioni ikki kurash yakunlariga ko'ra 421 kg natija qayd etdi. Kumush medalga 405 kg ko'rsatkich bilan iroqlik Jasim Salmon ega chiqdi. Eronlik Ali Xoshimi esa 403 kg bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Kamoliddin Alimov, suratlar muallifi - Hasan Pirmuhammedov (Indoneziya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
.
Shunda Ruslan 3ta oltin oldimi. Yo 1 tami?.
.
Osiyo õyinlarida dars kõtarish va siltab kõtarish baxslariga aloxida medallar beriladimi. Umimiy 2kurash bõyicha 1ta medal berishadimi