27 avg 09:06
Yangiliklar
Og'ir atletika, Osiyo o'yinlari
Ruslan Nuriddinov: "Tavakkal qilmadim, chunki oldinda jahon chempionati bor"
Osiyo o'yinlarining rekordini yangilash evaziga oltin medalni qo'lga kiritgan og'ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov kechagi bahsdan so'ng saytimizga qisqacha intervyu berdi.
Rio Olimpiadasi chempioni va rekordchisi kuchli uchlikdan joy olgan Iroq va Eron vakillarini katta ustunlik evaziga mag'lub etgandi. Ruslan xatto so'nggi imkoniyatdan foydalanib, o'zi o'rnatgan Osiyo o'yinlari rekordini yangilashi mumkin edi. Lekin u bunday qilmadi.
- Oldinda jahon chempionati kutib turibdi. Ashxobodda o'tadigan musobaqa boshlanishiga ikki oydan kamroq vaqt qoldi. SHu boisdan ham tavakkal qilmaslikni afzal bildim. Rekordni jahon chempionatida ham yangilash mumkin, - dedi Nuriddinov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar