19 sen 17:27
Yangiliklar
Og'ir atletika
Ruslan Nurudinov, Akbar Jo'raev va boshqalar. Og'ir atletikachilarimizning Osiyo o'yinlari uchun tarkibi malum
Xabaringiz bor, 23 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o'yinlari boshlanadi.
Ushbu musobaqa doirasida og'ir atletika bo'yicha bellashuvlar ham tashkil etiladi. O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati sportchilarimizning o'yinlarda qatnashadigan tarkibini elon qildi.
Unga ko'ra, og'ir atletikachilarimiz Osiyo o'yinlarida quyidagi tarkibda qatnashishadi:
Ayollar:
-55 kg: Jamila Panfilova
-55 kg: Nigora Abdullaeva
-64 kg: SHaxloxon Abdullaeva
-87 kg: Rigina Adashboeva
+87 kg: Tursunoy Jabborova
Erkaklar:
-61 kg: Adhamjon Ergashev
-67 kg: Doston Yoqubov
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-96 kg: Sunnatilla O'sarov
-109 kg: Ruslan Nurudinov
-109 kg: Akbar Jo'raev
+109 kg: Rustam Jangaboev
Osiyo o'yinlarida bahslar 30 sentyabr - 7 oktyabr kunlari tashkil etiladi.
Havola :
Fikrlar