09 sen 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Rustam To'laganov: "O'zbekistonga medal bilan qaytishim shart edi"
Og'ir vaznli bokschimiz Rustam To'laganov Olimpiada vaqtida qo'li bilan bog'liq muammolar bo'lganini aytib o'tdi.
"Men uchun yarim final jangi og'ir kechmadi. Barcha qiyinchilik janggacha bo'lgandi. Ungacha qo'limni operaciya qilishgandi. Ishib ketgan qo'limni ichiga qon to'lib qolgandi. SHu narsa biroz tasir qilgandi. O'sha jangga eng so'nggisiga chiqqandek chiqdim. CHunki, yurtimiga medal bilan qaytishim lozim edi.
Ayni paytda dam olmoqdaman. Hozircha, hech qanday rejalar yo'q. Professional shartnomalar borasidagi takliflar yo'q. Agar bo'lsa ham bunga rad javobini berardim. CHunki, ayni paytda faqat hordiq chiqaryapman", - deydi Rustam To'laganov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar