11 dek 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Rustam To'laganov profi ringdagi ikkinchi jangini MakGregorga qarshi o'tkazadi
Rio Olimpiadasi sovrindori, bugungi kunda AQSHda professional boksda faoliyat olib borayotgan Rustam To'laganov navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Bokschimiz professional ringdagi ikkinchi jangini 2018 yilning 13 yanvarida amerikalik Martez MakGregorga qarshi o'tkazadigan bo'ldi.
Malumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, 4 tasida g'alaba qozongan va 1tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang Rustam uchun professional faoliyati davomidagi ikkinchi jang bo'ladi. Bungacha u 27 oktyabr kuni boshqa bir amerikalik bokschi Robert Guerraga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar