10 avg 22:15
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Rustam To'laganov yarim finalga chiqdi, bu kamida bronza degani!
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilayotgan Yozi olimpiya o'yinlarining boks musobaqalari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Ko'z tegmasin, Olimpiadada to'liq tarkibda ishtirok etayotgan charm qo'lqop ustalarimizning zafarli odimi davom etmoqda. Hozirgina yakuniga etgan chorak final jangida 91 kg vazndagi bokschimiz Rustam To'laganov ozarbayjonlik Abdulqodir Abdullaevni 3:0 (29:28, 29:28, 29:28) hisobida mag'lub etdi.
Birinchi raund ozarlik bokschining foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi raundlarda raqibidan ustunlikka erishgan To'laganov yarim finalga chiqish barobarida o'zi va terma jamoamiz uchun kamida bronza medalini naqd qildi. Uning final ostonasidagi raqibi rossiyalik Evgeniy Tishenko bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Абдулкадыром Абдуллаевым! Рустам автоматически становится призёром Олимпиады-2016, а в полуфинале он встретится против россиянина Евгения Тищенко.