01 avg 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Rustam To'laganovning jangi bekor qilindi
Avvalroq, Rio Olimpiadasi sovrindori, professional boksda faoliyat olib borayotgan Rustam To'laganov 15 avgust kuni jang qilishi haqida xabar qilgandik.
O'sha kuni hamyurtimiz WBA International kamari uchun rossiyalik Sergey Ekimovga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq bizga malum bo'lishicha, ushbu jang bekor qilingan.
Boxer Tv malumotiga ko'ra, bunga sabab Rossiyaga muntazam reyslarning yo'qligi va bokschimiz janggacha ushbu mamlakatga etib bora olmasligidir.
Malumot uchun, Rustam shu kungacha 3 ta jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgan. Hisobida bitta nokaut bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar