09 mar 17:17
Yangiliklar

Ryudiger 2026 yilgacha "Real"da qolib, so'ngra Saudiya Arabistoniga yo'l olmoqchi
32 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari katta qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi ham faoliyatining qolgan qismini Saudiya Arabistoni chempionatida o'tkazmoqchi, ammo faqatgina "Real" bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin.
Ryudiger "qaymoqranglilar" safida qolishni istaydi, chunki u yanada ko'proq sovrinlar yutishni xohlaydi. Bundan tashqari, germaniyalik futbolchi kiyim almashtirish xonasida etakchi hisoblanadi va muxlislarning hurmatiga sazovor bo'lgan.
Himoyachi "qirollik klubi" safiga 2022 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Antonio bu paytda barcha turnirlarda 141 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 24 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar