03 fev 07:51
Yangiliklar
Qilichbozlik

Sablyachi qizlarimiz Jahon kubogining jamoaviy dasturida oltin medalga ega chiqdi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahri mezbonlik qilgan qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha qizlar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichi hamyurtlarimizning oltin dubli bilan yakunlandi.
Gulistan Perdibaeva, Ayako'z Jumamuratova, Nargiza Jaksibaeva hamda Samira SHokirovadan iborat jamoamiz chorak finalda Germaniya, yarim finalda Italiya, finalda Vengriyani mag'lub etib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, yakkalik bahslarida Samira SHokirova shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy olgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar