24 iyu 12:58
Yangiliklar
Qilichbozlik
Sablyachi qizlarimiz Osiyo chempionatining jamoaviy dasturi sovrindori!
Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Hindistonda o'tayotgan Osiyo chempionatida yana bir bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Ayollar o'rtasida jamoaviy sablya dasturida qatnashgan yurtdoshlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni berishdi va bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Musobaqada Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Fernanda Errera hamda Ayako'z Jumamuratova yurtimiz sharafini himoya qildilar.
Qayd etish joiz, musobaqa davomida Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi tomonidan 2024/2025-yilgi mavsum laureatlari ham taqdirlanishdi. Unda hamyurtimiz Dilorom Turdiqulova shpaga dasturidagi eng yaxshi hakam deb topildi.










Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar