05 jan 10:48
Yangiliklar
Qilichbozlik
Sablyachilarimiz Gruziyada yilning ilk yig'inini boshlashdi
Sablya bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari yilning dastlabki yig'inida ishtirok etish uchun Gruziyaga etib bordi.
Tbilisida o'tadigan mashg'ulotlar 18 yanvarga qadar davom etadi. Unda sablyachilarimiz Turkiya, Bolgariya, Gruziya va Rossiya vakillari bilan shug'ullanishadi.
Rejaga ko'ra, ushbu yig'indan so'ng jamoamiz Tbilisida ushbu yo'nalishda o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi Gran-pri turnirida qatnashadi. Tarkibga Zaynab Dayibekova, Paola Pliego, SHerzod Mamutov, Bobur Rasulov kabi asosiy va yoshlar jamoamizning 19 nafar vakili jalb qilingan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar