07 avg 10:59
Yangiliklar
Saint Louis Rapid & Blitz 2026. CHempion Sindarov - Pragg partiyasida aniqlandi
Ushbu nufuzli turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli dona surdi. Musobaqaning so'nggi kuni blic, yani tezkor shaxmat bahslari davom ettirildi. SHaxmatchilar yana 9 ta tur uchrashuvida o'zaro hisob-kitob qilishdi.

CHempionlik masalasi musobaqa oxirigacha peshqadamlikni o'zida saqlab kelgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha hamda ikkinchi o'rindan tushmagan Javohir Sindarov o'rtasidagi partiyada aniqlandi. Ushbu bahsda durang natija qayd etildi va yakunda Rameshbabu umumiy 23,5 ochko bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz esa 22 ochko bilan sof ikkinchi o'rinni egalladi. AQSH vakili Uesli So 20,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Praggnanandha chempionlik kubogi bilan birga 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Javohir Sindarov 40 000 dollarlik chekni qo'lga kiritdi. Ueli So 30 000, eng oxirgi o'rinni egallagan amerikalik Evonder Liang 7 000 dollarni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Ishtirokchilarning to'liq tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuano, Levon Aronyan, Uesli So, Lener Dominges, Avonder Liang (barchasi AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri, Yorden van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston).

Fikrlar