So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

10 sen 08:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Saken Polatov bokschilarimiz bilan uchrashdi + FOTO

Xabaringiz bor, Ekaterinburgda boks bo'yicha jahon chempionati start oldi.

O'zbekiston terma jamoasi bokschilari musobaqaga har tomonlama tayyor bo'lib ulgurishgan. 

Jahon chempionati starti oldidan Ekaterinburgdagi "Onegin" mehmonxonasida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov jahon chempionatida ishtirok etadigan bokschilarimiz va murabbiylar bilan uchrashdi. 

Yig'ilish davomida O'zbekiston musobaqada sovrinli o'rinlar uchun eng asosiy davogar ekanligi, xalqimiz sportchilardan yuqori probali medallarni kutayotganligi takidlandi. S.Polatov yaqinlashib kelayotgan musobaqada ishtirok etadigan bokschilarimizga omad tiladi. 

Mazkur tadbirning kulminacion nuqtasi O'zbekiston boks federaciyasi tashabbusi bilan ishlangan videorolikning namoyishiga to'g'ri keldi. Yuraklargacha etib borgan ushbu videorolikda jahon chempionatida qatnashadigan bokschilarimizning oila azolari ishtirok etishgan. Videoni tomosha qilib, bokschi va murabbiylarimizning kayfiyati ko'tarilganiga, bazi holatlarda esa ko'zidan yosh chiqqaniga guvoh bo'ldik. Bir so'z bilan aytganda - motivacion rolik. Ushbu rolikda bokschimiz Fanat Qahramonovning buvisi tomonidan tayyorlangan Samarqand nonlari ham aks etgan. Aynan o'sha nonlar bugun bokschilarimizga olib kelindi. 

SHuni alohida takidlash lozimki, ushbu uchrashuvdan so'ng yigitlarimiz ortida Vatani, xalqi va oilasi turganini yanada chuqurroq his qilishdi va jahon chempionatida yuqori natijalar uchun astoydil harakat qilishlarini aytib o'tishdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

   
10 sen 15:23:47
Sherzodbek
Bokschilamizga omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing