So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

23 fev 09:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Saken Po'latov: Yaqinda bokschilarimiz libosida WSB g'oliblarining yulduzchasi paydo bo'ladi

Teglar :  BoksO'zbekistonWSB
Xabaringiz bor, boks bo'yicha WSB turnirining IX mavsumi shu yilning oktyabr oyida start oladi.

«Uzbek Tigers» jamoasining yangi mavsumda musobaqada ishtirok etmasligi haqidagi mish-mishlar rasman rad etildi. Bokchilarimiz muxlislarni yangi g'alabalar va ajoyib natijalar bilan xursand qilish, shuningdek, Tokio 2020 Olimpiadasi licenziyalarini qo'lga kiritish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qiladilar. O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Po'latov «Uzbek Tigers» mazkur musobaqada g'olib bo'la olishi haqida gapirdi.

«WSB musobaqasida ishtirok etadigan «Uzbek Tigers» jamoasi mamuriyatining yangilanishi natijalarni yaxshilashga bo'lgan masuliyatni oshiradi. Federaciyaning birinchi galdagi vazifasi boksimiz muvaffaqiyatining davomiy bo'lishini taminlashdir. WSB turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok ham bizning asosiy yo'nalishlarimizdan biri hisoblanadi. «Uzbek Tigers» g'alaba qozonishni biladi va buni isbotlay olgan jamoa. Ishonamizki, yaqin orada bokschilarimiz libosida WSB g'oliblarining yulduzchasi paydo bo'ladi. Xalqimizning jamoaga bo'lgan ishonchi va mehri bokchilarimizning g'alabasi uchun haqiqiy motivaciya vazifasini bajaradi», – dedi Saken Po'latov.

Jamoaning bosh menejeri Abdulloh Sagdiev esa bokschilarimiz jangovar kayfiyatda ekanligini qayd etdi, shuningdek, u qo'llab-quvvatlov uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

«Jamoa va WSB turniridagi ishtirok men uchun O'zbekiston boks federaciyasidagi faoliyatimning masuliyatli vazifalaridan biri hisoblanadi. Biz bokschilarimizning g'alaba qozona olishlarini va buning uchun ularda barcha narsa borligini bilamiz. Federaciyaning yangi rahbariyati jamoa murabbiylar shtabini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga alohida etibor qaratayotgani katta ahamiyatga ega. Biz masullar jamoamizning g'alabasi uchun bor kuch, bilim va tajribamizni ishga solamiz. Vaqtni boy bermay, bugunoq tayyorgarlikka kirishishimiz lozim. Mavsum oktyabr oyida boshlanadi. Yigitlar ayni paytda jangovar kayfiyatda. Muxlislarimizga rahmat. SHak shubha yo'qki, biz ishonchni oqlaymiz», – dedi Abdulloh Sagdiev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing