02 fev 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Saken Pulatov: "Hali katta yutuqlarga erishamiz"
O'zbekiston boks federaciyasining yangi vice-prezidenti etib saylangan tadbirkor Saken Pulatov yig'ilishda so'zga chiqdi.
"Avvalambor bildirilgan ishonch uchun barchaga rahmat aytmoqchiman. Nasib qilsa, hali katta yutuqlarga erishamiz. Buning uchun albatta birgalikda, hamjihatlikda ish olib borishimiz lozim", - dedi Pulatov.
Natijalarning ijobiy yoki salbiy bo'lishini bilib olish uchun bir yildan sal ko'proq vaqt bor. Rio Olimpiadasida terma jamoamizga medallarni taqdim etgan bokschilarimizning hozir prof boksda faoliyatini davom ettirayotganini inobatga olsak, bu juda ham qiyin masalaga o'xshayapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar