25 iyu 10:09
Yangiliklar
Sakkari startdayoq 96-raketkaga yutqazib qo'ydi
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Mariya Sakkari kutilmaganda ilk davradayoq WTA reytingida 96-pog'onada borayotgan germaniyalik Yule Nimayerga 6/2, 2/6, 6/7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan bahsdagi barcha statistika ikkala tennischida ham bir xil ko'rinishda bo'ldi. Sakkari ham, Nimayer ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yib, 4 tadan Breykka erishdi.
Takidlash joiz, Mariya Sakkari murabbiyi Devid Uitt bilan xayrlashganidan keyin ketma-ket to'rtinchi uchrashuvida ham mag'lubiyatga uchradi. Nimayer esa asosiy to'rga laki-luzer sifatida qo'shilgandi. U Elizabetta Kochchiarettoning o'rnini egallagandi. Endi u Bad Homburg Open turniri ikkinchi bosqichida ispaniyalik Paula Badosaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar