24 dek 13:05
Yangiliklar
Futbol

Sakkiz yil Xitoyda o'ynagan Oskarning yangi jamoasi malum
Oskar Xitoydagi sakkiz yillik faoliyatidan so'ng yurtiga qaytishga qaror qildi.
Braziliyalik futbolchi faoliyatini o'z mamlakatining "San-Paulu" klubida davom ettiradi. Yarim himoyachi jamoaga erkin agent sifatida o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz, Oskar 2017 yilning qishida "CHelsi"dan "SHanxay Port" jamoasiga 60 million evroga o'tgandi. U o'tgan mavsumda Xitoy jamoasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 15 ta gol va 27 ta golli uzatma bor.
Havola :
Fikrlar