26 iyu 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Sal qolishiga sal qoldi: Klichkoning yaxtasida yong'in chiqdi
Ukrainalik sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko Malorkada ijaraga olingan yaxtasida falokatga uchradi.
Gap shundaki, Klichko oilasi va do'stlari bilan birga joy olgan yaxtada yong'in chiqqan.
Voqea qirg'oqdan 11 kilometr uzoqlikda sodir bo'ldi. Yaxshiyamki, yong'in havfsizligi xodimlari 43 yoshli ukrainalik bokschi va uning yaqinlarini qutqarib olishdi.
"Yong'in o'chiruvchilar vaziyatni nazoratga olishdi va barchani qirg'oqqa olib chiqish uchun imkon darajasida tez harakat qilishdi", - dedi Klichko.
Havola :
Manba : Bild
Fikrlar