18 okt 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Salido jarohat oldi, Miura bilan jang qoldirildi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni meksikalik 35 yoshli Orlando Salido jarohat oldi.
Buning natijasida uning ishtirokidagi 17 dekabr kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan jang nomalum muddatga qoldirildi. Salido birinchi engil vazn toifasi WBC yo'nalishida sobiq jahon chempioni yaponiyalik Takashi Miuraga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Golden Boy promouterlik kompaniyasi endi ushbu jangning o'rniga boshqa ahamiyatli jang tashkil qilishni rejalashtiryapti. 17 dekabr kungi boks oqshomining markaziy jangi 51 yoshli Bernard Xopkins ishtirokida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar