29 dek 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Salido: "Lomachenko dunyoning eng zo'r bokschisi emas"
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Orlando Solido ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenkoni dunyoning eng zo'r bokschisi deb hisoblamaydi.
"Men muxlislarga doimo zo'r jang ko'rsatib berishga harakat qilganman. Boks bu ko'ngilxushlik va muxlislar bunga loyiqlar. Rigondo - Lomachenko jangida nima bo'lganini bilmaymanku, lekin bu aniq ko'ngilxushlik emas. Men haliyam bu jangni tarixiy to'qnashuv bo'ldi deyishayotganini eshityapman. Balki shunday bo'lgandir. Biri bitta ham kuchli zarba bermay qo'lini jarohatlab oldi, yana biri aniq zarba bermay g'alaba qozondi.
Menimcha, No Mas Boring (jangni rad etishning zerikarli ko'rinishi) - Lomachenko uchun mos laqab.
Balki u qachondir dunyoning eng yaxshi bokschisi bo'lishi mumkin. Lekin, hozir bunga yaqin ham kelgani yo'q", - dedi Salido.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar