01 noy 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Salidoning qachon va kimga qarshi jang o'tkazishi malum
Professional boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Orlando Salido o'zining navbatdagi jangidagi raqibi nomini bilib oldi.
Meksikalik Salido (44-13-4, 31 KO) hamyurti Migel Roman (57-12, 44 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang 9 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Bir muddat avval Salidoning ikkinchi yarim engil vazn
toifasida WBC yo'nalishi chempioni Migel Berchelt bilan jang o'tkazish haqida xabar
berilgan edi. Lekin chempion jarohat olib, yil so'nggiga qadar safdan chiqqandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar