17 dek 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Sallivan Barrera ukrainalik bokschini nokautga uchratdi
Hozirgina AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda ukrainalik 29 yoshli Vyacheslav SHabranskiy kubalik 34 yoshli Sallivan Barreraga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangning birinchi raundida Barrera raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ikkinchi raundda esa buning teskarisi bo'ldi.
Lekin beshinchi va ettinchi raundlardagi ikki nokdaundan so'ng SHabranskiy mag'lubiyatini tan olishdan o'zga chora topa olmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar