29 mar 11:00
Yangiliklar
Futbol
Saloh Italiya chempionatiga qaytishi mumkin
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya klubni tark etganidan so'ng Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.
La Gazzeta dello Sport nashrining yozishicha, misrlik futbolchi "Roma"ga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda.
Saloh 2015–2017 yillarda "bo'rilar" safida o'ynab, barcha turnirlarda 83 ta o'yin o'tkazgan va "gol + pas" tizimi bo'yicha 34+21 ko'rsatkichga erishgan.
Eslatib o'tamiz, yakunlanyotgan haftada Saloh mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishini elon qildi. Tomonlar 2027 yil yozigacha tuzilgan shartnomani o'zaro kelishuv asosida muddatidan ilgari bekor qilishga qaror qildi.
Havola :
Manba : La Gazzeta dello Sport
Fikrlar