So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

28 mar 14:05
Yangiliklar

Futbol

Salomon Rondon: "APLdagi xet-trikim unutilmas, lekin O'zbekistonga qarshi o'yinda buni takrorlash qiyin"

FIFA Series doirasida Trinidad va Tobagoga qarshi o'yinda dubl qayd etgan Venesuela hujumchisi Salomon Rondon Championat.asia saytiga intervyu berdi.

– G'alaba bilan tabriklayman, o'yin haqida fikringiz...

– Mazkur uchrashuv biz uchun muhim ahamiyatga ega. Oxirgi saralash bosqichida nima bo'lganini bilamiz. Biz musobaqani tark etgandik. SHu bois endi diqqatimizni jamlab, keyingisiga tayyor bo'lishimiz kerak. Ushbu turnir o'yin sifatimizni yaxshilashimiz uchun imkoniyatdir. Har bir uchrashuv o'rtasida ishlash uchun vaqtimiz kam, lekin biz uchun g'alaba qozonish muhim, shuning uchun ishlashda davom etishimiz kerak.

– Siz 2023 yil O'zbekistonga qarshi sardor sifatida jamoangizni maydonga boshlab tushgansiz. Keyingi o'yindan nimalar kutyapsiz?

– Qiyin o'yin bo'ladi. Albatta, O'zbekiston jahon chempionatida yaxshi ishtirok etishni maqsad qilgan va ular o'z uyida g'alaba qozonishni xohlaydi. Bu ular uchun muhim. Biz esa o'z ishimizni qilishda davom etishimiz kerak. Xuddi bugungidek o'yin ko'satishga, gollar urishga, ishonchli harakat qilishga va shunchaki o'yinga tayyor bo'lishga harakat qilamiz.

photo_2026-03-28_11-12-11.jpg

– Bugun dubl qayd etdingiz. Siz Angliya Premer-ligasida esa 13 daqiqada bosh bilan uchta gol urib, tarixga kirgansiz. Toshkentdagi muxlislarga ham shunday mo'jiza ko'rsata olasizmi?

– O'sha o'yin shunchaki ajoyib edi. Men uchun go'zal bir lahza edi. Bosh bilan xet-trik qayd etish qiyin, lekin ushbu lahza faoliyatim uchun unutilmas xotira bo'lib qolgan. Hozirgi paytda esa shunchaki ishlashda va shu ruhda davom etish kerak.

– Siz Venesuela tarixidagi eng yaxshi to'purarsiz. Ushbu FIFA Series turnirida yosh jamoadoshlaringizga qanday maslahatlar beryapsiz?

– SHunchaki men qilayotgan ishni davom ettirishsin. Gollar urishda, jamoaga yordam berishda davom etishlari kerak. Biz uchun, avval aytganimdek, har bir o'yin muhim. Masuliyatni zimmamizga olib, bugungidek jiddiy o'ynashimiz va keyingi o'yinda raqib jarima maydonchasida xavfli vaziyatlar yaratishimiz kerak.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing