So’nggi yangiliklar

08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0

31 mar 18:54
Yangiliklar

Futbol

Venesuela Jahon chempionati pley-off bosqichida ishtirok etishi mumkin

Teglar :  Venesuela
Janubiy Amerika saralash bosqichi pley-off yo'llanmasini hal qilish uchun sud zallarida so'nggi "o'yin"ni o'tkazishi mumkin.

JCH-2026 yo'lidagi Janubiy Amerika saralash bosqichining so'nggi turi asabbuzarliklarga boy o'tdi. O'tkazilgan 18 turdan so'ng jahon chempionati yo'llanmasi uchun pley-off chiptasi yakunda Boliviyaga nasib etdi. Biroq vaziyat kutilmagan o'zgarishlarga yuz tutishi mumkin.

Barchasi shuni ko'rsatmoqdaki, Venesuela pley-off yo'llanmasi uchun kurashishda so'nggi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin. So'nggi soatlarda doping holatlari sababli FIFA tomonidan qo'llanilishi mumkin bo'lgan sankciyalar haqida xavotirli xabarlar tarqaldi. Bir necha oy oldin oshkor bo'lgan bu voqea endilikda huquqiy jihatdan kuchayib bormoqda.

So'nggi soatlar ichida saralash o'yinlarida doping-testlari ijobiy natija bergan Boliviyaning uch nafar futbolchisiga nisbatan ochilgan ishlarni hal qilish bo'yicha FIFA va KONMEBOLga bosim kuchaydi. Bu holat jamoaviy doping ishlatilishini ko'rib chiqishga asos bo'la oladigan minimal miqdordagi o'yinchilarni o'z ichiga oladi.

Dastavval bu ishga aloqadorlar birinchi instanciyada ijobiy natija qayd etgan Ramiro Vaka va Boris Sespedes edi. Biroq Boliviya futbol federaciyasiga yaqin manbalarning takidlashicha, saralash doirasidagi CHili va Urugvayga qarshi bahslarda yana boshqa doping holatlari aniqlangan bo'lishi mumkin.


Qayta tekshiruv natijalarini kutayotgan boshqa o'yinchilarning ism-shariflari ochiqlanmagan bo'lsa-da, aniq bo'layotgan jihat shuki, gap El-Alto shahrida o'tkazilgan o'yinlarda nafas olishni yaxshilash uchun ishlatilgan tibbiy preparat haqida bormoqda. Bu holat turnir jadvalida 7 ochko olib tashlanishidek jazoga olib kelishi mumkin.

Ushbu vaziyat yuzasidan KONMEBOL hozircha hech qanday munosabat bildirgani yo'q va FIFAning yakuniy qarori kutilmoqda. SHuningdek, bu holat Venesuela futbol federaciyasi tomonidan ushbu ishlarni tezroq hal qilishni talab qilib boshlangan huquqiy bosim fonida yuz bermoqda.

Venesuela bu imkoniyat past ekanligini biladi, biroq reglament buzilgani o'z isbotini topsa, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun barcha qonuniy choralarni ko'rishini malum qildi. Bu borada KONMEBOL FIFAdan ushbu jarayonning yakuniy qarori bo'yicha xabarnoma kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, qitalararo pley-off bosqichida Boliviya Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak. Venesuela esa O'zbekiston mezbonlik qilgan FIFA Series turnirida ikkinchi o'rinni egalladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing