So’nggi yangiliklar

19:01Уимблдон. Онс Жабер Элина Свитолинага ютқазиб қўйди 0 18:35Ўзбекистон Заурбек Сидаковга легионер бўлиш таклифи билан чиққани маълум бўлди 0 18:10Мбаппенинг "Реал"даги тақдимотига 80 мингдан ошиқ инсон ташриф буюради 0 17:45Уимблдон. Елена Рибакина Возняцкини "сочиб" ташлади 0 17:23"Уимблдон"да сенсация! Дунёнинг биринчи ракеткаси қозоғистонлик теннисчига ютқазди 0 17:01Ёш ҳамюртимиз Octagon 60 мусобақасида қозоғистонлик мағлубиятсиз жангчи билан тўқнаш келади 0 16:40Эшитдик-да! "Ланс" грузиялик футболчини ўз сафига қўшиб олади 0 16:19Боксчиларимиз катта таркибда Парижга жўнаб кетишди 0 15:54"Ҳумо" ўзбекистонлик хоккейчилар Жавоҳир Расулов ва Даниель Коган билан шартномани узайтирди 0 15:33Июль ойи бокс ва ММА мухлисларини аниқ зериктириб қўймайди! (Барча қизиқарли жанглар рўйхати) 0 15:10Кантедан ўзига хос рекорд 0 14:49Стрикленд: "Яқин орада UFCда америкаликлар қолмайди, русларни томоша қилиб ўтирамиз" 0 14:25Олимпиада сари: Тарихда илк бор камондан отиш баҳсларида қатнашамиз (Барча тафсилотлар) 0 14:02Райан Гарсия гиёҳванд моддалардан азият чекаётганини тан олди 0 13:39"Ал Ҳилол" 130 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр! 0

01 apr 07:23
Yangiliklar

Boks/MMA

"Salto yoki "Maymuncha yurish"? Isroil Madrimovning jangi uchun PREVYU

3 aprelda "Humo Arena" professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.

Kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliev WBA/IBF kamarlarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. Biroq biz bugun boshqa bir bokschimiz Isroil Madrimov haqida gaplashamiz.


Isroil Madrimovning prof boksdagi faoliyati

Madrimov shu kungacha prof boksda 6 ta jang o'tkazib barchasini o'z foydasiga hal qilgan. Bokschimiz havaskor boksda bir qator yutuqlarga erishganidan so'ng 2018 yilning noyabr oyida "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 24 noyabr kuni prof boksda debyut qildi. O'shanda u meksikalik Vladimir Hernandesga qarshi ringga ko'tarildi. Jang oqshomi "Hard Rock Hotel & Casino" arenasida tashkil etildi. 10 raundga mo'ljallangan jangning 3-raundiga keliboq Isroilning ketma-ket zarbalaridan raqib charchab qolgandi va allaqchon yuzi "bezalgan" edi. Keyingi ikki raund og'ir yakkalik zarbalarga boy o'tdi, albatta Madrimovning ustunligida. 6-raundga kelib Vladimir tamoman holdan toydi. Bokschimiz bundan unumli foydalandi, ketma-ket qorin-bosh-bosh qismiga yo'llangan zarbalar va Hernandez hech qanday javob zarbasi qaytara olmadi. Hakam jangni to'xtatdi. SHu tariqa hamyurtimmiz debyutidayoq  6 raundlik jang o'tkazib, vakant qolgan WBA Intercontinental kamarini qo'lga kiritdi. Ilk jangdayoq kamar uchun ringga chiqish qiyin, albatta. Biroq, menejer va promouterlar unga ishonishdi. "Uzbek Tigers"dagi tajribasi Madrimovga bu to'qnashuvda katta foyda berdi. G'alabadan keyingi "salto" esa Amerikadagi ko'plab muxlislarning mehrini qozonishiga sababchilardan biri desak ham bo'ladi.

2019 yilning mart oyida venesuellalik Frank Roxasni mag'lub etgan Madrimov oradan 3 oy o'tib kamarini boshqa bir meksikalik Norberto Gonsalesdan muvaffaqiyatli himoya qildi. SHu yildagi so'nggi bahsda yana bir meksikalik  Alexandro Barrera usidan g'alabaga erishdi. Barrera Isroildan so'ng ringga qaytmadi. Alexandro faoliyati davomida Errol Spens JR ga ham engilgan.

5-jang venesuelalik CHarli Navvaroga qarshi bo'lgan. Aynan shu raqib Madrimov uchun qiyin sinov edi. Dastlabki raundlar hamyurtimizning ustunligida o'tgan bo'lsada, Navarro ham munosib qarshilik ko'rsatgan. Isroilning boshqa raqiblaridan farqli o'laroq uning jang uslubini sinchiklab o'rgangani malum edi. SHu bilan birga zarbaga chidamliligini ham isbotlagan. Biroq 6-raundning so'ngida chap qo'lda qorin qismiga yo'llangan zarba CHarlini ringda tiz cho'kishga majbur qildi. Hakam 7 gacha sanadi, Navvaro o'rnidan turib jangni davom ettirdi. Madrimovning 3 ta zalvorli zarbasidan so'ng Navarro yana yiqildi. Referi nokautni tasdiqladi. Ring markazida Isroil "salto" tashlayotgan bir paytda raqib jamoa murabbiylari shogirdining turishiga yordamlashayotgan edi. SHu tariqa Joel Diaz murabbiyligidagi Madrimov 5 g'alabani rasmiylashtirdi.

Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi yohud Isroilning nokautli seriyasini buzgan raqib (hakam) bilan to'qnashuv

Qahramonizning 6-jangi u uchun haqiqiy sinov edi. Amerikalik Erik Uolker bilan jang 2020 yil 15 avgustda bo'lib o'tdi. Madrimovgacha 19 (9 KO) ta jang o'tkazib, ikki marta mag'lubiyat alamini his qilgan. 

Madrimov - Uolker. Ajoyib jang va har tomonlama munosib raqiblar. Dastlabki ikki raund zarbalar almashinuvi bilan yodda qolgan. Erik bo'yi va qo'lining uzunligidan maksimal foydalangan. Biroq Isroil masofadan turib ham aniq zarbalar yo'llay oladi. Avvaliga bu raqibni nokaut bilangina mag'lub etish mumkindek tuyulgandi. Jang o'rtalariga borib Madrimovning zarbalari unga tasir eta boshladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab hamyurtimizga ringda ikkinchi raqib ham paydo bo'ldi: referi - Garri Ritter. Hakam bo'lar-bo'lmasga jangni to'xtatib Madrimovga tanbex berishdan, raqib esa zarbalardan charchamasdi. 5-raundgacha hamyurtimiz ustunlik qilgan bo'lsa, 6-8 raundlar amerikalikka ataldi. Xuddi shu raundlarda charchab qolgan bokschimiz:

"Ushbu jangga tayyorgarlik ko'rish uchun atigi uch haftaga ega edim. Ha, jang o'rtalarida charchab qoldim. Ammo oilam, vatanim, muxlislarim uchun o'zimga kela oldim", - deya izoh bergan edi.

9-raundda ancha o'ziga kelib olgan Madrimov chap qo'li bilan qorin qismiga yo'llagan zarbasi Erikni yiqitdi. Bu toza nokaut edi. Biroq Garri Ritter Uolkerning o'ziga kelib olishi uchun 5 daqiqa vaqt berdi. Hakam Isroil raqibini elka bilan urib yiqitdi deb hisobladi. Ushbu bahsni "Sport" telekanali transyalciya qilgan, jangni Sardor Rahimov sharhlagan edi. SHarhlovchining "Hatto ismingni eslagim ham kelmayapti, hakam", - degan gapi hamon yodimda. 5 daqiqadan so'ng jang davom etdi. Madrimov ikki karra ko'proq kuch va zarbalar bilan jang davom ettirdi. Hakam hatto undan ochko olib tashladi. Isroil chap-o'ng-chap qo'l uslubida zarbalar yomg'irini yog'dirishiga qaramay bazo'r bo'lsada Uolker oyog'ida turardi. Qolgan 3 raund to'liq hamyurtimiz ustunligida o'tdi. Bahs tugab, yon hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra Isroil Madrimov g'alaba qozondi. SHunda sharhlovchi:

"G'alaba Isroil Madrimovda, lekin o'rtoq referi, siz nokautni undan o'g'irlab oldingiz, uning rekordiga tasir o'tkazdingiz", - degan gaplari sharhni "yondirgandi" Qahramonimiz shu tariqa 6-g'alabasini qo'lga kiritgan. Referining bu qarori uzoq vaqt boks jamoatchiligi, muxlislari tomonidan tanqid va kulgularga sabab bo'lgan. CHarm qo'lqop ustamizning o'zi esa: "Hakam mendan nokautni o'g'irladi, bir nechta nokdaunlarni hisoblamadi", - degan edi intervyularining birida.

Emmani Kalombo haqida

Kongolik Kalombo prof boksda 14 ta jang o'tkazib barchasida nokaut evaziga g'olib bo'lgan. 14 ta jang uchun 44 raund sarflagan. Prof boksda 2015 yilda debyut qilgan.So'nggi jangini ganalik Daniel Larteyga qarshi o'tkazgan. WBC reytingida 37-o'rinda qayd etilgan. 100 foizlik nokautini ko'rib hayratlanish tabiiy albatta. Emmani janglarida shouga alohida etibor qaratadi, o'ziga hos harakter ko'rsatadi. Jang uslubiga kelsak, har ikki qo'lida birdek, o'ng qo'l zarbasi og'ir, oyoq harakatlari tez. Vazniga nisbatan engil harakatlanadi. Bo'yi va qo'lining uzunligi asosiy ustunligidir. Laqabi "The General". Jangdan so'ng g'alabalarini maymunlarning yurishiga taqlid qilgan holda nishonlaydi.


"Salto" yoki "maymuncha yurish"

Har ikki bokschining jang uslubi, faoliyatiga nazar solar ekanmiz, o'xshash va qarama-qarshi jihatlarni ilg'ash qiyin emas. Madrimov nisbatan og'ir-bosiqlik bilan harakatlansa, Kalomboda shoumenlik kayfiyati yuqori. Isroil 12 raundlik jang o'tkazishga ulgurgan, chidamlilik darajasi hammaga malum. Kongolik bokschi esa nokautchi hisoblanadi. Nima bo'lganda ham Isroil Madrimovga oson bo'lmasligi aniq. Intiqib kutilayotgan oqshomda "salto" ko'ramizmi yoki "maymuncha yurish"? 

olamsport.com sayti barcha bokschilarimiz qatorida Isroil Madrimovga ham ishonadi va omad tilaydi!

Sarvinoz RAHMONQULOVA tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
01 apr 09:00:32
Mironsho Jabborov
Bitta saltoni "itidan" koraylik ilohim
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing