So’nggi yangiliklar

22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0

13 may 09:18
Yangiliklar

Kurash

Samarqandlik belbog'li kurashchilar kuchlilar qatorida

Keyingi yillarda yoshlar orasida milliy sport turlarimizdan sanalgan belbog'li kurashga bo'lgan qiziqish yana ham kuchaygan.

Boisi, mamlakat miqyosida o'tadigan har bir milliy chempionat yoki turnirda nafaqat vodiy viloyatlari balki voha hududlari ham to'liq tarkib bilan ishtirok etib, kuchlilar qatoridan joy egallamoqda. Bu borada Samarqand viloyati polvonlarining ham alohida o'rni bor. Tashkil etilayotgan respublika darajasidagi barcha bellashuvlarda faol ishtiroki bilan etirofga sazovor bo'lishmoqda. 

Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining mavjud sport turlari qatoridan mustahkam o'rin olgan belbog'li kurash bo'limi viloyat terma jamoalari shakllanadigan, istedodlar kamol topib, mamlakat terma jamoalariga munosib izdoshlar etkazib beradigan va yana bir muhim jihati - mutaxassis-murabbiylar tayyorlab beradigan markaz sanaladi. 

Maktab-internat direktori, viloyat belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori Bahodir Berdiqulov va tajribali murabbiylar boshchiligida  belbog'li kurash bilan shug'ullanayotgan o'quvchilar uchun sharoitlar etarlicha muhayyo etilgan. 

Bunday zamonaviy va qulay shart-sharoitlardan maqsadli foydalangan belbog'li kurashchilar yuqorida takidlaganimizdek, musobaqalarda ishtiroki faol bo'lmoqda, natijalari ham maqtashga arzigulik. Hatto Osiyo va jahon chempionati sovrindorlari borligi belbog'li kurashga bo'lgan qiziqish yuqori ekanligidan dalolat.  

Jumladan, Davron Abdumannonov 2014 yil jahon chempionatida birinchi o'rin, Bunyod To'xtasinov 2012 yil ikkinchi o'rin, Gulmira Ismatova ko'p bor Osiyo va jahon chempionati g'olib va sovrindori, Qodir polvon Ernazarov jahon chempionatining bronza medali sohibi bo'lsa, Islom Norboev  ishtirokchisi hisoblanadi. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etish ananasi davom etmoqda. 

Demoqchi bo'lganimiz, maktab-internatining belbog'li kurash bo'yicha tarbiyalanuvchilari Xolmurod Anvarov (60 kg.) va SHexroz Suyunov (77 kg.) lar joriy yil Olmaliq shahri mezbonligida o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani naqd qilishgan. Ayni paytda har ikkala sportchilar terma jamoa tarkibida mashg'ulotlarga zo'r berishgan. 

Albatta, viloyat terma jamoasi sifatida musobaqalarda ishtirok etib, vodiy polvonlari bilan teng ko'rash tushayotgan shogirdlarning sovrinsiz qaytishni or bilgan, ular kamoloti yo'lida doim izlanishda bo'lgan murabbiy-ustozlarning mehnati tahsinga loyiq. 

O'z vaqtida kurash va belbog'li kurash davralarini oldi bo'lgan, ko'p bor shohsupaga ko'tarilib, shoda-shoda medallarga ega bo'lgan va Samarqand viloyati sharafani munosib himoya qilgan polvonlar - Bahodir Berdiqulov (maktab-internat direktori, viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi), Husniddin Mamanov (murabbiy), G'anisher Berdiqulov (belbog'li kurash bo'yicha viloyat terma jamoasi hamda bo'lim bosh murabbiyi), Qodir Ernazarov (maktab-internat va viloyat terma jamoasi murabbiyi ), Oybek Do'stmurodovlar bugun milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni viloyatda keng ommalashtirishda, o'nlab, yuzlab yoshlarni shu sport turi orqali maqsad-muddaolariga etishida kumakchi bo'layotganini aytmasa bo'lmas. 

SHuningdek, viloyatdagi bolalar-o'smirlar sport maktablari bilan ham selekciya ishlari bo'yicha yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Hamkorlikdagi  ishlarda Bahodir Karimov (Bulung'ur), Zohid O'rolov (Nurobod), Ashirali Yaxshinorov (Toyloq), Maftunbek Hoshimov (Pastdorg'om) singari murabbiylar doim faolligi bilan ajralib turishadi. 

Qodir polvon ERNAZAROV, belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati sovrindori, sport ustasi, Toyloq IOZMI 1-toifali murabbiyi: 

- Kurash qonimizda bor. Ota-bobolarimizning hammasiyam kurashga oshno bo'lishgan, bobolarim Xomid polvon, Xolmo'min polvon, amakimiz Sirojiddin  polvonlar to'y kurashlarda elkasi erga tegmagan, oriyat va g'urur birinchi o'ringa qo'ygan kurashchilar bo'lishgan. Otam Asliddin Xolmo'minov ham kurash bo'yicha mamlakat miqyosidagi bellashuvlarda bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan. 12-13 yoshlarimizda ustozimiz Husniddin polvon Mamanovning kurashlariga havas qilib belbog'li kurashga kirib keldik.

Bugungi kunda  murabbiy sifatida maktab-internatida yigirma nafar o'quvchilarga belbog'li kurash sirlarini o'rgatib kelyapmiz. 2019 yil iyul oyida Olmaliqda o'tadigan jahon chempionatida ikki nafar shogiridimizning shohsupaga ko'tarilishi uchun mashg'ulotlarga zo'r berib, tayyorgarlik ko'ryapmiz. Maqsadimiz - shogirdlar kamolni ko'rish, milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni viloyatimiz bo'ylab keng ommalashtirish, yangi-yangi isteodlarni katta sport sari etaklashdan iborat bo'laveradi.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing