17 jan 16:42
Yangiliklar
Kurash

Samarqandlik polvonlar "Bosh prokuror kubogi" sohibiga aylangan musobaqadan FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Universal sport saroyi”da “Bosh prokuror kubogi uchun” kurash bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar terma jamoa azolaridan 100 nafarga yaqin polvonlar bosh sovrin uchun o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdilar. Ayollar 57 kg., 70 kg., erkaklar esa 66 kg., 73 kg., 81 kg., 90 kg., + 90 kg. vazn toifalarida o'zaro bellashishdi.
Musobaqaning mutloq g'olib jamoasi – Samarqand viloyati terma jamoasi, deb topildi. G'olib jamoaga “Bosh prokuror kubogi” bilan birga qimmatbaho sovg'alar hamda diplom topshirildi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar