11 iyu 19:38
Yangiliklar
Sambochi Bahodir Bakiev SHahrisabzda taqdirlandi
Vatanni dunyoga tez tanitadigan bu sportdir. O'zbekiston bayrog'ini xorijda o'tkazilgan musoboqalarda bir necha bor baland ko'tarib tanitgan sambo bo'yicha Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan oltin medal sohibi Bahodir Bakievni qozongan yuksak g'alabasi butun shahar ahlini ayniqsa, o'zi yashayotgan Teparlik mahalla ahlini yanada quvontirdi. Asadbek kafesida sambo bo'yicha jahon va Osiyo chempioni, Bahodir Bakiev va universal jang bo'yicha jahon chempionatida bronza medali sohibasi bo'lgan SHirina SHukurovalarni taqdirlash tadbiriga tashrif buyurgan SHahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonov so'z olib, chempionlarni samimiy muborakbod etdi.
SHuningdek Bahodir Bakievga 20 million so'mlik, SHirina SHukurovaga esa 7 million so'mlik mukofot pulining sertifikatlarini hamda tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alarni taqdim etdi. Mahalla ahli ham udumimizga ko'ra chempionlarga milliy qubba chopon, do'ppi, belqas va guldastalar ulashishdi. Ota-onalari, ustozlari davraga taklif etilib, ularga shahar hokimi tomonidan minnadorchilik bildirildi.
Fikrlar