27 okt 08:05
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz jahon chempionati oldidan yig'inni boshlashdi
11-13 noyabr kunlari Qirg'izistonning Bishkek shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.
SHu munosabat bilan kecha, 26 oktyabr kuni O'zbekiston kattalar terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqa oldidan tayyorgarlikni boshladi. CHirchiq shahrida o'tkaziladigan yig'in sambochilarimiz uchun jahon chempionati uchun tayyorgarlikning so'nggi bosqichi hisoblanadi.
Yig'inning dastlabki kunida bosh murabbiy Roman SHakirov boshchiligida nazariy mashg'ulotlar tashkil etildi. Unda sportchilarga taqiqlangan tibbiy moddalar, yig'inda intizom qoidalari va boshqa mavzularda suhbatlashildi.
So'ngra amaliy mashg'ulotlar boshlandi. Yig'inning dastlabki uch kunida asosiy etibor o'zaro bellashuvlarga qaratiladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar