04 jan 17:37
Yangiliklar
Qilichbozlik
Samira SHokirova U-20 Jahon kubogi bosqichida bronza medalini qo'lga kiritdi
SHu kunlarda Kolumbiyaning Bogota shahrida qilichbozlik bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida Jahon kubogi bosqichi o'tkazilmoqda.
Turnirning bugungi kuni doirasida sablya yo'nalishidagi yakkalik dasturida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Samira SHokirova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Bu haqda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Samira musobaqaning yarim finaliga qadar etib kelgan. U final yo'lida braziliyalik Ana Beatris Fragaga qarshi bahs olib borib, 10:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan va yarim finaldagi mag'lubiyat orqali bronza medaliga ega chiqqan.
Avvalroq, qilichbozlarimiz U-20 Jahon kubogi bosqichidan keyin katta tarkibda Tunis Gran-prisida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : t.me/fencinguzbekistan
Fikrlar