23 avg 19:25
Yangiliklar
Tennis
Saniya Mirza jarohat sabab US Open'ni o'tkazib yuboradi. U mavsum oxirida faoliyatini yakunlamoqchi
Juftliklarda jahonning sobiq birinchi raketkasi Saniya Mirza US Open musobaqasini o'tkazib yuboradi.
35 yoshli tennischi mavsum oxirida faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda, shuning uchun uning so'nggi «Katta Dubulg'a» turniri US Open bo'lishi kerak edi.
"Barchaga salom. Meni xabarim yaxshi emas. Ikki hafta oldin Kanadadagi musobaqada qatnashganimda bilagimni, tirsagimni shikastlab oldim, lekin kechagi suratlarni olmagunimcha bu qanchalik jiddiy ekanini tushunmadim. Afsuski, menda kichik pay cho'zilshi.
Men bir necha hafta o'ynay olmayman, shuning uchun men allaqachon US Open musobaqasidan voz kechdim. Bu ideal holat emas va mening kareramni tugatish rejalarimni o'zgartiradi. Lekin men barchangizni xabaror qilib turaman”, — deb yozadi Mirza ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar