07 dek 23:26
Yangiliklar
Sanjar Rahmonov 05:30da ringga ko'tariladi. Jangni qaerda ko'rish mumkin?
CHarm qo'lqop ustamiz AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida mezbon bokschi Jonatan Stilga qarshi ringga ko'tariladi. Bu Sanjar uchun faoliyatidagi 13-jang bo'ladi. SHu kungacha u prof boksda 12ta jang o'tkazib, ularning 10tasida g'alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bitta jangda durang va yana birida mag'lubiyat qayd etgan.
Sanjar Rahmonovning raqibi Jonatan Stil esa shu paytgacha professional boksda 10 marotaba ringga ko'tarilgan. Ushbu janglarining 8tasini g'alaba bilan yakunlagan (6 tasi nokaut). Hamyurtimiz singari bitta jangda durangga rozi bo'lgan, yana birida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Sanjar Rahmonov va Jonatan Stil o'rtasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan jangni Floyd Meyvezerga tegishli Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasining facebook tarmog'idagi rasmiy saxifasida jonli tomosha qilishingiz mumkin.
SHu linkda https://m.facebook.com/MayweatherPromotions/
Fikrlar