So’nggi yangiliklar

10:45Алекс Перейра қачон навбатдаги жангини ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 10:02UFC 316. Двалишвили муддатидан олдин ғалаба қозонди ва камарини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 09:23UFC 316 турнирининг co-main event жанги муддатидан олдин якунланди 0 08:57Дембеле жароҳат олди 0 19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0 18:42Шон О’Мэлли гонораридан нолиётган ММА жангчиларни танқид қилди 0 18:18Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега? 0 17:47Мераб Двалишвили ва Шон О’Мэллининг эртанги жанг учун гонорарлари маълум қилинди 0 17:20Новак Жокович – "Ролан Гаррос" ярим финалидан сўнг: "Балки бу ердаги охирги ўйиним бўлгандир" 0 16:57Дональд Трамп UFC 316 турнирига бормоқчи 0 16:20Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади? 0 15:12"Ислам хеч қачон ярим ўрта вазнда жанг қилмаган". Маддалена Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:00"Ролан Гаррос". Новак Жокович ўз юришини тўхтатди 0 13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0

28 iyu 18:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Sanjar Rahmonov: “Let’s go uzbek” deya qo'llab-quvvatlashadi, olqishlashadi”

Professional boksda ham hamyurtlarimiz etiborli natijalarga erishmoqda. Bu borada ayniqsa, xorijda, xususan AQSHda faoliyat olib borayotgan aksariyat bokschilarimizning muvaffaqiyatlari tahsinga loyiq.

Ular orasida Sanjar Rahmonovning alohida o'rni bor. Kunning birinchi yarmida dunyoga mashhur bokschi Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Rahmonov ila uyushtirilgan suhbatni mutolaa qilgandingiz. Quyida ana shu qiziqarli suhbatning davomini o'qishingiz mumkin.

- Sanjar, navbatdagi jangingiz qachonga rejalashtirilgan?

- Iyul oyida ringga chiqishim mumkin. Las-Vegasga borganimdan so'ng bu masalani hal qilamiz. Hozircha raqib kim bo'lishini bilmayman. Rejaga  ko'ra bu yil yana ikkita 8 va ikkita 10 raundlik reyting janglarini o'tkazamiz. SHundan keyin biror bir unvonga davogarlik qilish maqsadimiz bor.


- Xorijdagi ayrim sportchilarimizning faoliyatida kuzatganmizki, jang  muddatiga yaqin qolganda bellashuv qoldirilganini. Sizda bunday xolat  ro'y bermadimi?

- Albatta, professional boksning o'ziga yarasha nozik tomonlari ko'p ekan. Biroq, klubimizda etakchi mutaxassislar ishlayotgani va dunyo miqyosidagi o'rni tobora yuksalib borayotgani bois, men hali bunday holatga duch kelmadim.

- Hozirga qadar o'tkazgan janglaringiz orasida eng murakkabi so'nggisi bo'ldimi?

- Meksikalik raqibim biz o'ylagandan ko'ra kuchliroq chiqib qoldi. Garchi disklarini olib, o'rganib chiqqan bo'lsak-da, bellashuv jarayonida boshqa taktikada ishlashga majbur bo'ldim. Balki, jangga o'zimni ruhan yuz foiz tayyorlay olmagandirman. Avvalo, aybni sportchi o'zidan qidirishi kerak. Durangdan so'ng ancha o'zimga kela olmay yurdim. Nachora, bu ham bir yaxshi saboq bo'ldi. Nasib etsa, ikkita uchta jangdan so'ng u bilan yana bir bor kuch sinashmoqchiman.

- CHempionlik janggi borasida ham balki, o'ylay boshlagandirsizlar?

- Menejerimiz agar biz tomondan xoxish bo'lsa, chempionlik janggi tashkil etib berishini bildirdi. Ammo murabbiyim bilan o'zaro maslahatlashib, yana to'rt-beshta jang o'tkazgandan so'ng bu borada o'ylab ko'radigan bo'ldik. Negaki, hali o'rganadigan tomonlarimiz bisyor.


- Professional boksda g'alaba qozonish uchun nima muhim ekan?

- O'zini sportga butunlay bag'ishlashi kerak. Qatiy tartibga doimo rioya  qilishi shart bo'lib, hamma narsani o'z vaqtida bajarishi lozim ekan. Undan tashqari, har bir bellashuvga jismoniy va ruhiy tayyorgarlik juda ham muhim. Sportchi eng avvalo, jangga har tomonlama o'zini shaylashi kerak. Undan keyin jismoniy holatidan kelib chiqib, kuchni raundlarga to'g'ri taqsimlab ishlashi shart. 

- Muxlislaringiz ham ko'payib bormoqdami?

- Albatta. Masalan, ringga chiqqanimda ishqibozlar, bokschi do'stlarim  “Let’s go uzbek” (Qani O'zbek, boshladik!) deya olqishlay boshlashadi. Muxlislar orasida mustaqil yurtimiz bayrog'ini ko'targanlarini ko'rish esa juda ham ruhlantirib yuboradi. Kezi kelganda aytishim kerak, amerikalik menejer va promouterlar tomonidan o'zbek boksiga qiziqish yuqori. Ular o'z vaqtida bizdan avvalgi hamyurtlarimizni janglarini ko'rishgan  qolaversa, bizning avlod vakillarini kuzatib, yana o'zbekistonlik bokschilar ko'proq bo'lishini hohlayapti.

- Qanday musiqa ostida ringga chiqayapsiz?

- SHu paytga qadar turli musiqalar ostida chiqib kelayotgandim. SHu kunlarda esa santkorlarimizdan biri SHohrux repper tomonidan maxsus qo'shib ishlanyapti. Unda yurtimiz va o'zbek sportchilari g'urur bilan tilga olinadi.

- Professonal bokschilarga ularning harakatlaridan kelib chiqib muxlislar laqab ham qo'yib olishadi?

- Dastlab “Terminator” nikneym ostida chiqqandim. Hozir murabbiyim “War” (Jang) deb atamoqda. Kelajakda o'zimizning o'zbekona nomda ringga chiqish istagim bor. 


- Olim Nazarovni ham siz bilan birga deb eshitgandik?

- Olim aka, biz bilan birgalikda mashg'ulotlarni olib borib, sparring janglari o'tkazyapti. Ustozimiz ham hozirda bitta. Bir joyda yashaymiz. Olim akaning yaxshi sparring janglari o'tkazgani haqida Kuper shu kunlarda ham tez-tez sms yozib turibdi. Unga ham hozirda menejerlar tomonidan qiziqishlar ortib bormoqda. Faqatgina shartnomani har tomonlama o'rganib, so'ng eng maqulini tanlashni rejalashtirgan. Nasib qilsa, yaqin vaqtda bu amalga oshadi deb o'ylayman.

- Yashash sharoitlaringiz qanday? Qiyinchiliklar yo'qmi?

- Biz bir qator sportchilar birga ustozimning hovlisida yashaymiz. SHaroitlar juda ham yaxshi. Xatto uyning ichida alohida zalimiz ham bor. Kelgan odam umuman zerikmaydi. Xuddi sport lageriga tushib qolgandek bo'ladi.

- Demak, ancha-muncha o'zbekistonlik sportchilar yig'ilib turibsizlar ekanda. Bunday paytda shubhasiz, osh bo'lsa kerak?

- Osh qilishga ichimizda Ravshan aka usta. Yig'ilib qolsak, unga yordam berib turaman. Bu safar kelganimda bilmaganlarimni yana o'rganib olyapman. Xudo xohlasa borganimdan so'ng mustaqil osh qilib, jamoadoshlarimni ham siylash niyatim bor.

- Sanjarbek, sizni gap so'zlaringiz va ko'rinishingizdan ko'pchilik bokschiga o'xshatmaydi?

- O'zi uyimizda ko'pchilik ziyoli. Onam esa o'qituvchi. O'zimga ham bokschiga o'xshamasligimni aytishgan. Bir tomondan shunisi ham yaxshi. Aslida haqiqiy bokschi borini ringda ko'rsatishi kerak.


- Professional boksda ko'z urishtirish jarayoni, matbuot anjumanida amerikaliklar ko'proq tiliga erk berishardi?

- Men ringdan tashqaridagi bunday shovqinlarni yoqtirmayman. Ammo ko'z urishtirish marosimidan so'ng menda raqibga nisbatan jangovor kayfiyat uyg'ona boshlaydi. Ringga chiqqanimda esa umuman odamgarchilik bir chetga yig'ishtiriladi.

- Kim sizni boksga qiziqtirgan?

- Dadam. Ular andijonlik taniqli sportchi va murabbiylar bilan yaqin munosabatda bo'lgani bois akam va meni boksga olib borgan. Akam keyinroq o'qib boshqa yo'nalishda ketdi. Men esa boksni kasbga aylantirdim. Yoshligimdan deyarli bo'sh vaqtim bo'lmasdi. O'qish, zal, suzish... O'rtoqlarimni ko'chada mazza qilib o'ynab yurganini ko'rib, bazan dadamdan xafa ham bo'lardim. Onam ham bokschi bo'lishimni istamagan. O'qib biror bir sohada ishlashimni xohlardi. Qachonki, osiyo chempioni bo'lganimdan so'ng mening yo'lim sport ekanini anglab, o'zi ham meni qo'llab-quvvatlay boshladilar. Hozirda har bir g'alabamdan so'ng dadamga albatta, telefon qilib, to'g'ri yo'l ko'rsatgani uchun alohida rahmat aytaman. 

- Oldindagi rejalaringiz qanday?

- Avvalo, biror-bir yo'nalish bo'yicha chempionlik kamariga ega bo'lish. Niyatim hech bo'lmasa himoya janggini O'zbekistonda o'tkazish. Bunday istak promouter va menejerimda ham bor.

 

BLIC SAVOL JAVOBLAR:

- Boksdan boshqa qaysi sport turiga qiziqasiz?

- Futbolga. O'zim ham futbol o'ynashni yaxshi ko'raman.

- Qaysi klubga muxlislik qilasiz?

- “Barselona”ga.

- Yoqtirgan futbolchingiz?

- Messi  va Ronaldu.

- Boksdachi?

- Kostya Czyu, Tayson.

- Sportda nimani yomon ko'rasiz?

- Yutqazishni.

Samimiy suhbatingiz uchun rahmat.Doimo g'alaba yor bo'lsin!

Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi, o'z muxbirimiz


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing