08 dek 08:57
Yangiliklar
![](/upload/storage/50032_220.jpg)
Sanjar Rahmonov o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi
Ushbu bahsda bokschimizga amerikalik Jonatan Stil raqiblik qildi. Jang sakkiz raundga mo'ljallangandi. To'qnashuv to'liq davom etdi va g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Har uchchala hakam ham jangda Sanjar Rahmonovning g'alaba qozonganini qayd etdi (77:75, 77:75, 78:74).
Malumot uchun bu bokschimizning professional faoliyatidagi 13-jangi bo'ldi. Rahmonov ularning 11 tasida g'alaba qozongan (5 tasi nokaut bilan). Bitta jangda durang va yana birida mag'lubiyat qayd etgan.
Jonatan Stil esa professional boksdagi 11-jangida ringga ko'tarildi. Ushbu janglarining 8 tasini g'alaba bilan yakunlagan (6 tasi nokaut). Bugun u faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Yana bitta jangda esa durangga rozi bo'lgan.
Fikrlar