05 apr 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov tarozidan o'tdi, ertaga jang FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, ertaga professional bokschimiz Sanjarbek Rahmonov faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu bahsda bokschimizga mezbon bokschi Keyt Xanter raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Sanjar shu kungacha prof ringda 13 ta jang o'tkazib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 ta jangda mag'lub bo'lgan va yana 1 ta jangda durang qayd etgan. Xanter esa bungacha 9 marotaba ringga ko'tarilib, ularning barchasida g'olib bo'lgan (7 ta nokaut).
Bugun mazkur jang oldidan har ikki bokschilar taroziga chiqishdi. Jang yarimo'rta vazn toifasida (-66,67 kg) bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan 6 aprel tongida o'tkaziladigan to'qnashuvga Las-Vegasdagi "Sam's Town Hotel & Gambling Hall" arenasi mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar