08 okt 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov va Dinong tarozidan muvaffaqiyatli o'tishdi
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblangan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov bizning vaqt bilan ertaga tongda o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilishi kutilayotgan jangda hamyurtimiz Jonatan Dinongga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun tongda bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ikkala bokschi ham belgilangan meyorni bajarishdi.
Eslatib o'tamiz, Sanjar Rahmonov bundan avvalgi jangini 17 sentyabr kuni amerikalik Markius Xoutornga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Uning ertangi raqibi Jonatan Dinong asli kelib chiqishi gavailik bo'lib, bir necha yildan beri AQSH nomidan jang qilib kelmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar