19 mar 10:21
Yangiliklar

Sanjar Rahmonovning 5 aprel kungi raqibi malum bo'ldi, u nokautchi!
Unga ko'ra, hamyurtimiz 5 aprel kuni ringga ko'tariladi. Uning jangi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi Sam's Town Hotel & Gambling Hall arensida bo'lib o'tadi. Raqib esa Keyt Xanter bo'ladi.
Amerikalik 26 yoshli bu bokschi ancha jiddiy raqib hisoblanadi. U prof ringda 9ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Taqqoslash uchun, Sanjar Rahmonov professional boksda 13ta jang o'tkazgan. O'n bitta jangda g'alaba qozongan. Beshta jang muddatidan avval hamyurtimizning g'alabasi bilan yakunlangan. Hisobida bitta mag'lubiyat va durang bor.
Eslatib o'tamiz, charm qo'lqop ustamiz o'zining so'nggi jangini 8 dekabr kuni Las-Vegas shahrida mezbon bokschi Jonatan Stilga qarshi o'tkazgan va sakkiz raundlik jang yakunida raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar