08 dek 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/50045_220.jpg)
Sanjar Rahmonovning bugungi jangidan FOTOGALEREYA
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi mijozi bo'lgan bokschimiz Sanjar Rahmonov bugun o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
CHarm qo'lqop ustamiz AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida mezbon bokschi Jonatan Stilga qarshi ringga ko'tarildi. Sanjar sakkiz raundlik jang yakunida raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Sanjar uchun faoliyatidagi 13-jang bo'ldi. Janglarning 11tasida g'alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bitta jangda durang va yana birida mag'lubiyat qayd etgan.
Uning raqibi Jonatan Stil esa professional boksda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 11ta jangda ringga ko'tarilgan. Ushbu janglarining 8tasini g'alaba bilan yakunlagan (6 tasi nokaut). Bugun u ikkinchi mag'lubiyatini qarshi oldi. Hisobida yana bitta durang ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar