15 jan 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonovning jamoadoshi IBF chempioni bo'ldi
AQSHning Nyu-York shtati Bruklin shaharchasida professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning qiziqarli janglarining birida amerikalik 22 yoshli Jervont Devis birinchi engil vazn toifasining IBF yo'nalishida jahon chempionligi kamarini qo'lga kiritdi.
U 12 raundga mo'ljallangan jangning ettinchi raundida ushbu chempionlik kamarining endilikda sobiq sohibi puertorikalik 27 yoshli Xose Pedrasani ettinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Malumot uchun, Devis Jervont mashhur Floyd Meyvezer klubining azosi hisoblanadi. Aynan mana shu klubda hamyurtimiz Sanjar Rahmonov ham o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar