30 noy 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum bo'ldi
Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan bokschimiz Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Bokschimiz 7 dekabr kuni (Toshkentda 8 dekabr kuni ertalab) AQSHning Las-Vegas shahrida mezbon bokschi Jonatan Stilga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Sanjar shu kungacha prof boksda 12 ta jang o'tkazgan. Bokschimiz janglarining 10 tasida g'alaba qozongan (5 tasi nokaut bilan). 1 ta jangda durangga erishgan bo'lsa, 1 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Uning raqibi Jonatan Stil esa bungacha professional ringda 10 marotaba ringga ko'tarilgan. U janglarining 8 tasini g'alaba bilan tugatgan (6 tasi nokaut). SHuningdek, 1 marotabadan durang va mag'lubiyatni qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar