03 mar 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonovning qachon ringga chiqishi malum bo'ldi
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi mijozi bo'lgan bokschimiz Sanjar Rahmonov o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Unga ko'ra hamyurtimiz 5 aprel kuni ringga ko'tariladi. Katta ehtimol bilan uning jangi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, charm qo'lqop ustamiz o'zining so'nggi jangini 8 dekabr kuni Las-Vegas shahrida mezbon bokschi Jonatan Stilga qarshi o'tkazgan va sakkiz raundlik jang yakunida raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar