25 apr 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjar Tursunov ham final ishtirokchisiga aylandi
Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Hozirgina 91 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Sanjar Tursunov o'zining yarim final jangini o'tkazdi. Hamyurtimiz iordaniyalik Hussayn Iashaishga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangda tashabbusga ega bo'lgan Tursunov raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi va finalga yo'l oldi. Sanjar finalda oltin medal uchun jang qiladigan uchinchi bokschimizga aylandi.
Malumot uchun, Sanjar O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi harbiy sportchisi hisoblanadi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar