08 mar 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Tursunov Iordaniyada finalga chiqish uchun kuchli bokschiga qarshi jang qiladi
Iordaniyada Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun licenzion musobaqa davom etmoqda.
Avvalroq, -91 kg vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov chorak finalda g'alabaga erishib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Garchi, Tokio Olimpiadasi licenziyasi hal qilingan bo'lsada, musobaqa davom etmoqda. Tursunov musobaqada finalga chiqish uchun qurada ikkinchi tartib raqam ostida saralangan Yangi zelandiyalik David Nyikaga qarshi ringga ko'tariladi.
Yarim final 10 mart kuni tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar