26 apr 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Tursunov koreyalik raqibiga yutqazib qo'ydi
Boks bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina -91 kg vazn toifasidagi final jang tugadi. Unda hamyurtimiz Sanjar Tursunov Janubiy Koreya vakili Xyong Kyu Kimga qarshi ringga ko'tarildi. Koreyalik bu bokschi kecha yarim finalda qozog'istonlik Levitni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi.
Bugungi final jangida ham u kichik ustunlikka ega bo'ldi. Yakunda Tursunov raqibiga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Daje iqboljon xoldorov yutqazdi